G‘afur G‘ulom uy-muzeyi
?>

Muzey G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Uy-muzey kollektsiyalarini saqlash;
Uy-muzeyinining ashyolari kollektsiyalarini aniqlash hamda to‘plash;
Madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatini amalga oshirish;
Uy-muzeyi ashyolari va muzey kollektsiyalarini o‘rganish;
Xalqimizning boy madaniy merosini, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritish.


Tarixi
G‘afur G‘ulom uy-muzeyi O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1981-yil 16-iyundagi qaroriga va O'zbekiston Madaniyat ministrligining 1982-yil 22-noyabr oyidagi Buyrug‘iga muvofiq tashkil etilgan ilmiy-targ‘ibot va ilmiy-tadqiqot tashkilotidir. Uy-muzey 1983-yilning oktyabr oyidan boshlab ziyoratchilarni qabul qila boshlagan. Uy-muzey O‘zbekiston xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulomning 1944 - 1966 yillarda yashab ijod etgan uyida tashkil etilgan. Uy-muzey binosi 1943 yilda qurilgan. Uy-muzeyning yangi binosi 2003 yilda G‘afur G‘ulomning 100 yillik yubileyi munosabati bilan qurilgan. Bu binoda G‘afur G‘ulom hayoti va ijod haqida ekspozitsiya joylashgan.
Muzeyda kutubxona, numizmatika va Kato Kyudzo ko‘rgazma zallari, ayvon osti galereyasi mavjud.
Eng nodir eksponatlar haqida ma’lumot: ![]() | Nomi: Royal “Bekker”. Tarixi: Royal G‘afur G‘ulom tomonidan xarid qilingan 50-yillarda. Ushbu royalda kompozitorlar Sulaymon Yudakov, M. Ashrafiy G‘afur G‘ulom she’rlariga musiqa bastalagan. |
![]() | Nomi: Soat “Brandman.” 1812-y. Germaniyada ishlab chiqarilgan. |
![]() | Nomi: Dutor Tarixi: Dutor mashhur soz ustasi usta Usmon tomonidan ishlangan va G‘afur G‘ulomga sovg‘a qilingan. 1947 y. |
![]() | Nomi: Tanbur Tarixi: Tanbur mashhur soz ustasi usta Usmon tomonidan ishlangan va G‘afur G‘ulomga sovg‘a qilingan 1947 y. |

Nomi: “O‘qing qizlar” she'ri qo'lyozmasi.
Tarixi : G‘afur G‘ulomning “O'qing qizlar” she'ri qo'lyozmasi. Arab imlosida. Shoir dastxati. 1960 yil.
![]() | Nomi: Qadah. Tarixi: G‘afur G‘ulomning 60 yillik yubileyi munosabati bilan sovg‘a qilingan kumushdan ishlangan idish. Vetnamda ishlab chiqarilgan. 1960-yillar. |
![]() | Nomi: Yozuv anjomlari. Kumushdan ishlangan. Tarixi: G‘afur G‘ulomning 60 yillik yubileyi munosabati bilan sovg‘a qilingan. 1963 yil. |
Ish vaqti: Uy-muzey ish vaqti, soat 10:00 – 17:00 gacha. Tushlik: 13.00-14.00. gacha. Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba.
Joylashgan manzili: 1-Arpapoya ko'cha, Chilonzor tumani, Toshkent shahri
Muzey bilan bog‘lanish: +998 71 245-43-94
Muzeyga kirish chipta narxi: Bepul
Muzey veb sahifasi: https://gafurgulom.uz/





