“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi
?>
Ichan qal’a davlat muzey-qo‘riqxonasining maqsadi xalqni o‘rganish va tarbiyalash uchun badiiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsalarni to‘plash, Madaniy obidalarni saqlash va namoyish etishdan iborat.

Tarixi
1920-yil 27-aprelda Xiva Davlat muzey sifatida tashkil topgan. Bu dargoh 1924-yildan 1967-yilgacha Xorazm inqilobi tarixi muzeyi, 1967-yildan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Xiva haqiqiy tarixiy me’moriy muzey–qo‘riqxona sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagan.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan 1984-1993 yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar davrida shaharning yoshi aniqlangan. Xiva shahrida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasi shuni ko‘rsatadiki, “Ichan Qal’a” hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lgan. Shaharning eng pastki qatlamida topilgan ashyolar (sopol buyumlar va qalin paxsa devorlar) shundan dalolat beradi. Shahar devorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopol buyumlar va katta hajmdagi xom g‘ishtlar shaharni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi. Muzey-qo‘riqxonasida 16 ta muzey bo‘limida 28 dan ortiq ekspozitsiya mavjud bo‘lib Xorazm va Xiva tarixining ma’lum bir davr va tarixiy jarayonlarini aks ettiradi.

Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya)
Qadimgi Xorazm tarixi ko‘rgazmasi;
Xorazmshohlar tarixi ko‘rgazmasi;
Xon qabulxonasi intereri;
Xorazm tangalari ko‘rgazmasi;
Xiva xonligi zarbxonasi intereri;
Xorazm tarixi va madaniyati;
Xorazm davlati xonlari tarixi ko‘rgazmasi;
Qozixona inteeri;
Xorazm musiqa san’ati tarixi ko‘rgazmasi;
Komil Xorazmiy uy-filiali;
Madrasa tarixi ko‘rgazmasi;
Tabobat tarixi intereri va ko‘rgazmasi;
Xorazm amaliy san’ati tarixi ko‘rgazmasi;
Xalq ta’limi tarixi ko‘rgazmasi;
Jome masjidi ko‘rgazmasi;
Xorazm durdona bitiklari ko‘rgazmasi;
Sangtaroshlik buyumlari ko‘rgazmasi;
Misgarlik buyumlari ko‘rgazmasi;
Mirzaboshi va mirzalar xonalari intereri;
Chinni buyumlari ko‘rgazmasi;
Xon xosxonasi intereri;
Milliy liboslar intereri;
Birinchi va ikkinchi Renessans allomalarini tarixini yorituvchi “Allomalar”ko‘rgazmasi va intereri;
Oq masjid mennonitlari tarixi ko‘rgazmasi va intereri;
Xorazm tabiati ko‘rgazmasi;
Tasviriy san’at ko‘rgazmasi va intereri;
Ogahiy uy-muzeyi filiali ko‘rgazmasi;
Sayot qishlog‘i tarixi ko‘rgazmasi;
Qo‘shimcha ma’lumotlar (agar bo‘lsa).
Muzeyda kutubxona, numizmatika va Kato Kyudzo ko‘rgazma zallari, ayvon osti galereyasi mavjud.
Asarlar va artefaktlarning suratlari

![]() | “Duo tuzi” - ayollar taqinchoqlari. Kumush plastinkadan iborat. Medalyondan oval shakldagi ko‘k figurali tosh, o‘rtasida arabcha “Yo Alloh” yozuvi bor, feruza va marjonlar bilan bezatilgan. Taqinchoqning past qismi atrofiga ikki qatior qilib terib tilla suvi yuritilgan kumush yaproqchalari bor. 1-dona. O‘lchami: 50х110 mm. |
![]() | Butun tirnoq ayollar bosh bezaklari. Mayda simlar bezak qilib to‘qilgan, tilla suv yuritilgan to‘rtburchak kumush plastinaning to‘rt burchagi va o‘rta qismida bo‘rtma qilib ishlangan feruza toshli bezaklari bor. Pastki qismi uch tomoniga marjon va tilla suvi yuritilgan kumush yaproqchalar ulangan.1 - dona. O‘lchami: Og‘irligi - 283,6 gr. |
![]() | Tahya tuzi ayollar boshi bezagi. U gumbazsimon dumaloq kumush plastinkadan iborat. Ustki qismida to‘rtta yoqut, to‘rtta pushti rangli tosh qadalgan, barcha toshlar atrofi feruza bilan o‘ralgan. Butun atrofi bo’ylab marjon va tilla suvi yuritilgan kumush yaproqchalar ulangan. 1 - dona. O’lchami: Og‘irligi - 442,9 gr. |
![]() | Qur’on ottoman. Bir-biriga mahkamlangan kitoblar uchun yog‘och stend, To‘rtburchak ramkalardagi naqshlar orasida arab yozuvida arab yozuvida “Talotan Boydaani Maminka Arabica anna Roydan kof antaturid” degan ko‘rsatmalar bilan “Istasang ilm olasan” degan yozuv bor. 1 - dona. O‘lchami: D - 50 sm, E - 15,2 sm. |
![]() | Tanga tuzi Ayollar bosh bezagi. Tilla suvi yuritilgan 20 ta rus tangasidan iborat. Tangalarning past qismiga marjon va tilla suvi yuritilgan kumush yaproqchalar ulangan. 1-dona. O‘lchami: Og‘irligi - 1388 gr. |
Muzeyga kirish chipta narxi:
Mahalliy sayyohlar uchun:
a) Kattalarga
O‘zbekiston so‘mida - 50 000 (ellik ming) so‘m
b) Nafaqaxo‘rlar va talabalarga
O‘zbekiston so‘mida – 25 000 (yigirma besh ming) so‘m
v) O‘quvchilarga O‘zbekiston so‘mida – 10 000 (o‘n ming) so‘m
2. Muzey-ko‘rgazmalardan tashqari
O‘zbekiston so‘mida – 20 000 (yigirma ming) so‘m. Ushbu chipta orqali muzey - qo‘riqxonaning hududiga va “Xorazm tabiati ” bo‘limiga kirishga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha xizmatlar.
- Islom xo‘ja minorasiga chiqish O‘zbekiston so‘mida - 50 000 (ellik ming) so‘m (16 yoshdan kattalarga ruxsat etiladi)
- Qal’a devori yo‘laklariga chiqish O‘zbekiston so‘mida - 20 000 (yigirma ming) so‘m (16 yoshdan kattalarga ruxsat etiladi)
- Oq shayx bobo tepaligiga chiqish O‘zbekiston so‘mida -50000 (ellik ming) so‘m (16 yoshdan kattalarga ruxsat etiladi)
Xorijiy sayyohlar uchun:
a) Kattalarga
O‘zbekiston so‘mida - 250 000 (ikki yuz ellik ming) so‘m
b) O‘quvchilarga O‘zbekiston so‘mida – 125 000 (bir yuz yig‘irma besh ming) so‘m
Qo‘shimcha xizmatlar: - Minora Said Islom Xo‘ja O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha – 100 000 (yuz ming) so‘m
- Oq Shayx bobo tepaligi O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha – 100 000 (yuz ming) so‘m
- Qal’a devorda yurish O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha – 40 000 (qirq ming) so‘m
Ish vaqti: Har kuni, soat 08:00 – 20:00 (tushliksiz).
Joylashgan manzili: Xiva shahri, Abdulla Boltaev ko‘chasi, 41a-uy.
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): +99 899 965 42 70




