Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi


?>

Muzey faoliyatining maqsadi Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi misolida yosh avlodga bilim berish va uni tarbiyalashdan iborat. Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi muammolarini hal qilishdan iborat.

Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi, o‘zbek va jahon musiqa san’atiga qo‘shgan hissasini ekspozitsiyasida namoyish va targ‘ib etadi. Keng jamoatchilikka tanishtiradi. Uning merosini ilmiy o‘rganadi. Jahon miqyosida muzeyga tashrif buyuruvchi mahalliy va chet ellik aholi musiqiy savodxonligini Muxtor Ashrafiy misolida oshirish va muzeyga keluvchilar sonini ko‘paytirishdan iborat.

Tarixi
Muzey O‘zbekiston xalq artisti, buyuk o‘zbek kompozitori, dirijyori, professor, davlat mukofotlari va Javohirla’l Neru hamda Kamol Abdul Nosir xalqaro mukofotlari laureati, jamoat arbobi, 70 dan ortiq asarlari O‘zbekiston madaniy merosining oltin fondiga kiritilgan Muxtor Ashrafiy xotirasini abadiylashtirish maqsadida, u 1969-1975 yillar yashab va ijod qilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek mavzesi, Markaz-1, 15-uy 25-xonadon, 4 qavatli aholi yashash uyining birinchi va ikkinchi qavatida joylashgan. Muzey O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1976-yil 22-iyuldagi 440-sonli “Muxtor Ashrafiy xotirasini abadiylashtirish haqida”gi qarori asosida tashkil etilib, Madaniyat vazirligining 1976-yil 1-oktyabrdagi 301-sonli buyrug‘i asosida faoliyatini boshlagan. Muzey 1982 yil 11-iyunda rasmiy ravishda ochilgan.

Eng nodir eksponatlardan namunalar

Nomi: “J.BECKER” royali. Tayyorlangan joyi: Rossiya. Sankt-Peterburg.
Nomi: Rassom T.Nemsovich. Kartina.”Muxtor Ashrafiy dirijyorlik pulti oldida” rangtasvir asari. 2003 yil.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston.
Nomi: Rassom I.Rubin. D.Abduraxmonova portreti.
1984 yil.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston.
Nomi: Rassom Y.Yelizarov. M.Ashrafiy portreti.
1954 yil.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston
Rassom Voronskiy. “Rustam i Baxman” sharq miniatyurasi. (Hindiston, nusxa).
Nomi: Rassom M.Pashkovskaya. “Buxoro. Chor-Minor” rangtasvir asari. 1975 yil.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston
Nomi: Qashqar rubobi.
Usta A.Zakirov. 1984 yil.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston
Nomi: Surnay-milliy musiqa asbobi.
Usta A.Zakirov. 1984 yil
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston
Nomi: Chang musiqa asbobi.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston.
Nomi: Tanbur musiqa asbobi.
Muxtor Ashrafiyning otasiga tegishli.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston.
Nomi: Dutor musiqa asbobi.
Muxtor Ashrafiyning otasiga tegishli.
Tayyorlangan joyi: O‘zbekiston

Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya):
1-zal. Muxtor Ashrafiyning yoshligi va ijodiy faoliyatining boshlanishi. 1912-1945 yillar.
2-zal. Muxtor Ashrafiy ijodining cho‘qqisi-”Sevgi tumori ” . 1945-1960 yillardagi gastrollari.
3-zal. Xalqaro hamkorlik. 1960-1975 yillardagi teatr faoliyati.
4-zal. Muxtor Ashrafiyning pedagogik va jamoatchilik faoliyati.
5-zal. O‘zbekiston respublikasining mustaqillik yillaridagi madaniyati.
6-zal. Xotira kabineti.
Vaqtinchalik ko‘rgazmalar (joriy tadbirlar ro‘yxati bilan):
Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodiga, musiqa san’atiga oid vaqtinchalik ko‘rgazmalar tashkil etib boriladi. Ro‘yxat: “Muxtor Ashrafiy va o‘zbek balet san’ati”, “Muxtor Ashrafiy va o‘zbek kompozitorlik maktabi”, “Birinchi o‘zbek operasi M.Ashrafiy “Bo‘ron”, “Muxtor Ashrafiy birinchi o‘zbek simfoniyasi muallifi – “Qahramonlik”.
Ekskursiyalar o‘tkazilgan tillar: O‘zbek va rus tillari
Qo‘shimcha ma’lumotlar:
Muzeydagi barcha eksponatlarni “NAZZAR” platformasi 3D formatida o‘zbek, rus va ingliz tillarida ekskursiya qildiradi.

  • Imkoniyati cheklangan insonlar (ko‘zi ojizlar) uchun Muxtor Ashrafiy hayotini o‘rganish maqsadida BRAYL alifbosida yozilgan jadval mavjud.
  • Muzeyda turli xil tadbir, konfrensiya, konsert, ko‘rgazmalarni tashkil qilish uchun 50 kishiga mo‘ljallangan konsert zali mavjud.

Ish vaqti: Dushanba-Juma. Soat 10:00 – 17:00 (tushliksiz). Dam olish kuni: Yakshanba
Joylashgan manzili: Toshkent shahri, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, Markaz-1, 15-uy, 25-xonadon.
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): 71 233-23-84 https://t.me/yoshmusiqachi
Facebook
Muzeyga kirish chipta narxi: Muzeyga kirish bepul.
Muzey veb sahifasi: muzey_ashrafi@mail.ru