Sergey Borodin uy-muzeyi


?>

Muzeyning maqsadi Sergey Borodinning hayoti va ijodini tanishtirish, tarix va adabiyotga qiziqishni oshirish, yosh avlodni ilm-fanga ilhomlantirishdan iborat.

Muzeyning vazifasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Sergey Borodinning hayoti va ijodini o‘rganish hamda targ‘ib qilish;
Uning asarlarini saqlash, namoyish qilish va tadqiqotlarga sharoit yaratish;
Tarix va adabiyotga qiziqishni oshirish;
Yosh avlodni ilm, ijod va ma’naviyatga yo‘naltirish;
Madaniy merosni asrab-avaylash va jamoatchilikka yetkazish.

Tarixi

1974 yil O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sergey Borodin vafotidan so‘ng O‘zbekiston KP Markaziy Komitetining 23.08.1978 yildagi hamda Madaniyat vazirligining 08.02.1979 yildagi №56-P-sonli buyrug‘i asosida uy-muzey tashkil etilgan. 1981 yil 19 mart kunida tashrif uchun ochilgan.
2009-yil “Madaniy me’ros ob’ektlari” reestriga (№ 10090101020199) hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qaroriga asosan Moddiy-madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan

Asarlar va artefaktlarning suratlari

Muzeyda barcha eksponatlar soni 28710 tani tashkil etadi. 7117 ta ekspozitsiyada eksponatlar mavjud. Muzey o‘zbek, rus va ingliz tillarida ekskursiyalar olib boriladi. Shuningdek, Muzeyda kutubxona mavjud.

Ish vaqti – Dushanbada jumagacha, soat 09:00 – 17:00
Joylashgan manzili – Toshkent Shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Lashkarbegi
18-uy
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali) +998 71-237-09-82
Muzeyga kirish chipta narxi – BEPUL