“Termiz” Davlat muzey-qo‘riqxonasi
?>

Muzey ashyolari va kolleksiyalarini toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi.

Muzey-qo‘riqxona mamlakatimizdagi keksa madaniyat maskanlaridan biri bo‘lib, 1933-yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan muzeylarning Respublika konferensiyasida Qarshi, Xiva va Termizda o‘lkashunoslik muzeylarini tashkil etish haqidagi takliflar asosida Termiz tuman ijroiya qo‘mitasi 1933-yil 17-sentyabrda Termiz shahrida Surxondaryo tumanlararo Davlat muzeyini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Muzey-qo‘riqxonaning birinchi qavatida tabiat ilmiy bo‘limi, ikkinchi qavatida tarix ilmiy bo‘limi, san’at va etnografiya ilmiy bo‘limi rassom Ro‘zi Choriyev galereyasi ko‘rgazmasi, uchinchi qavatda san’at va entografiya ilmiy bo‘limi Gresko va Avangard asarlari ekspozitsiyalari mavjud.

Muzeyda doimiy 3 ta tabiat, tarix va etnografiya ekspeditsiyalari faoliyat yuritadi. Shuningdek, ekskursiyalar ham tashkil etilgan bo‘lib, o‘zbek, rus va ingliz tillarida o‘tkaziladi. Muzeyda kutubxona va ilmiy arxiv mavjud.

Asarlar va artefaktlarning suratlari


Fibula (zastyoshka vizantiyskaya) (zoloto)

Medal Buxara

Plaketka

5 rubl 1899 g
Ish vaqti – har kuni, soat 09:00 – 18:00 gacha
Joylashgan manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz shahar Barkamol avlod ko‘chasi, 32-uy
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): +998 90 966 67 33 e-mail: termizmuzey@gmail.com
Muzeyga kirish chipta narxi
Kattalar – 10 000 so‘m
6 yoshdan 18-yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 4 000 so‘m
Muzey veb sahifasi https://davaktiv.uz/oz/corporate/company/QDKLHG