Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi
?>

Muzey ashyolari va kolleksiyalarini toʻplash, saqlash, oʻrganish va targʻib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-maʼrifiy muassasa hisoblanadi.

Tarixi
Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi 1974-yil 24-iyun kuni O‘zbekiston KP Markaziy qo‘mitasi va ministrlar kengashining O‘zbekiston fanlar akademiyasining O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining filiali Usmon Yusupov uy-muzeyini tashkil etish” to‘g‘risidagi № 300 qo‘shma qaroriga asosan tashkil etilgan. Muzey Davlatimiz tarixini yorituvchi boy ekspozitsiyalarga ega. Ekspozitsiyada Usmon Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Kompartiyasining birinchi ko‘tibi bolib ishlagan davri hamda hayoti va ish faoliyati yoritilgan.

Eng nodir eksponatlar haqida ma’lumot

Nomi: Soat. XX asrda Germaniyada ishlab chiqilgan, oynali eshigi oshiladigan, polda erda turadigan.
Tarixi: Marshal Rokosovskiy tomonidan Usmon Yusupovga sovg‘a qilingan.

Nomi: Kitob.
Tarixi: Muallif Ostroumov N.P.dan Usmon Yusupovga sovg‘a qilingan. Dasxat qo‘yilgan.

Nomi: Chiroq (svetilnik) “Riba” “Baliq”.
Tarixi: XX asrda Rossiyada ishlangan. Usmon Yusupov tomonidan xarid qilingan.

Nomi: Tangalar.
Tarixi: Buxoro, Samarqand va boshqa qazilmalardan topilgan miss tangalar.

Nomi: Gilam.
Tarixi: O‘zbekistonda ishlab chiqilgan gulli chekkalari baxromali. Usmon Yusupov tomonidan xarid qilingan.

Nomi: Gilam.
Tarixi: O‘zbekistonda ishlab chiqilgan gulli to‘q qizil rangli. Usmon Yusupov tomonidan xarid qilingan.

Nomi: Vaza gullar uchun.
Tarixi: Xind ustalari ishlagan chekanka. Usmon Yusupov tomonidan xarid qilingan.
Muzeyda tarixiy Usmon Yusupov hayoti va ish faoliyatiga bag‘ishlangan ekspozitsiya mavjud bo‘lib, undagi eksponatlar soni 1860 tani tashkil etadi. Shuningdek, o‘zbek va rus tillarida ekskursiyalar ham o‘tkaziladi.
Ish vaqti: Har kuni, soat 09:00 – 18:00 (tushliksiz).
Joylashgan manzili: 6-uy, Bog‘ hovli ko‘chasi, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri.
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): +998 94- 412-00-73
e-mail: Usmon.Usupov@mail.ru
Muzeyga kirish chipta narxi: BEPUL
Muzey veb sahifasi: https://usmonyusupov.uz/