Abdulla Qahhor uy-muzeyi
?>
Muzeyning tashkil etilishidan asosiy maqsad, XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, bir qancha davlat mukofotlari sovrindori, o‘zbek halqining talantli va el hurmatini qozongan farzandi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor ijodini yetishib kelayotgan yosh avlodga yetkazish va targ‘ib qilishdir.
![]() | ![]() |
Abdulla Qahhor insoniy tantiligi, o‘lmas asarlari bilan abadiy umrini yashayotgan ekan, muzeydagi u insonga tegishli barcha ashyolarni asrab – avaylab bus - butunligicha keyingi avlodga qoldirish shunigdek, madaniy, maʼrifiy, ilmiy va taʼlim faoliyatlarini amalga oshirib borishdan iborat.
![]() | ![]() |
Tarixi
O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor uy-muzeyi 1987 yil 6 mayda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatning 191-sonli qarori asosida tashkil etilgan.
Adib 1957 – 1968 yillar bu uyda yashab ijod qilgan. Uy – muzeyi memorial va ko‘rgazma zallaridan iborat bo‘lib, memorial qismida adibning ijodxonasi va mehmonxonasi joylashgan. Ijodxona va mehmonxonadagi barcha jihozlar adib hayotligi davrida qanday bo‘lsa, bugungi kunda ham asl holatini yo‘qotmagan.
Uy-muzeyi binosi 1950 – yilda qurilgan. 2007 yilda Abdulla Qahhorning 100 yillik yubileyi munosabati bilan bino kosmetik ta’mirlanib yangi ekspozitsiya ijod zali tashkil etilgan.
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() | ![]() |

Asarlar va artefaktlarning suratlari
Mexanik ofis yozuv mashinkasi “Continental”.
Abdulla Qahhor ijodxonasidan joy olgan ushbu qora rangdagi “Continental” mexanik ofis yozuv mashinkada har kuni ertalab soat 8:00 dan 12:00 gacha o‘z asarlarini yozgan.
Mashinka to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:
Continental yozuv mashinkasi — 20-asr boshlarida Germaniyada ishlab chiqarilgan, yuqori sifatli va ishonchli yozuv mashinalaridan biri hisoblanadi.
Continental yozuv mashinkasining asosiy xususiyatlari:
• Ishlab chiqarilgan yili: 1904-yilda birinchi Continental yozuv mashinkasi ishlab chiqarilgan.
• Model turlari: Kompaniya turli modellarni ishlab chiqargan, jumladan, Continental Standard, Continental Silenta, Continental 100, va Klein-Continental.

Abdulla Qahhorning “Sarob” romani.
“Sarob” — Abdulla Qahhor qalamiga mansub roman bo‘lib, u 1934-yilda yozilgan. Bu asar o‘zbek adabiyotida ijtimoiy-siyosiy mavzudagi ilk jiddiy romanlardan biri sifatida e’tirof etiladi.
Asar haqida umumiy ma’lumot:
• Muallif: Abdulla Qahhor
• Yozilgan yili: 1934
• Janri: Ijtimoiy-psixologik roman
• Asosiy mavzu: Sovet davridagi jamiyatdagi o‘zgarishlar, sinfiy kurash, insoniy qadriyatlar va ideallar to‘qnashuvi
Qisqacha syujeti:
“Sarob” romanida bosh qahramon — sobiq boyvachcha oilasidan chiqqan, lekin yangi tuzumga moslashishga urinayotgan bir yigitning ichki kechinmalari, ideallarini yo‘qotishi va oxir-oqibat chalg‘ib, "sarob" ortidan quvib yashashi tasvirlanadi. U o‘zining orzulari va haqiqat o‘rtasida sarson bo‘ladi. Bu obraz orqali yozuvchi o‘z davridagi ko‘plab yoshlarning ruhiy izlanishlari va adashishlarini yoritadi.

Zinger tikuv mashinasi.
Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” qissasi o‘z hayoti asosan bolaligi to‘g‘risida so‘zlaydi va otasi “Zinger” tikuv mashinkasini sotib olgandan so‘ng “Zingerli boy” deb nom chiqargan. Otasi bu tikuv mashinkasini sotib olganligi va zingerli boy deb nom chiqarishi adib hayotida katta burilish yasagan.
Zinger mashinasi — bu tikuv mashinasi bo‘lib, aslida u "Singer" nomli mashhur brendning noto‘g‘ri talaffuzi yoki yozilishi natijasida xalq orasida "Zinger" deb nom olgan.
Tarixi:
• Singer Company — 1851-yilda AQShda Isaac Merritt Singer tomonidan asos solingan.
• Bu kompaniya dunyodagi eng qadimgi va mashhur tikuv mashinalari ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.
• Sobiq Sovet Ittifoqi davrida, jumladan O‘zbekistonda ham, Singer tikuv mashinalari keng tarqalgan va ko‘p hollarda “Zinger mashinasi” deb atalgan.
• Ko‘plab oilalarda meros bo‘lib qolgan.
• Ayniqsa 20-asrda o‘zbek xonadonlarida keng tarqalgan bo‘lib, ko‘plab milliy kiyimlar aynan shu mashinalarda tikilgan.

“Shiva Nataraja” diniy haykaltaroshlik ma’budasining qadimgi bronza haykalchasi.
Abdulla Qahhor 1955-yilda O‘zbekiston Hindiston madaniyati kunlari doirasida O‘zbekiston san’atkorlari delegatsiyasiga rahbarlik qilgan. Tadbirlar yakunida Abdulla Qahhorga Hindiston Bosh vaziri Jawaharlal Nehru (Javoharlal Neru) tomonidan Shiva haykalchasi sovg‘a qilingan.
Bu haykalcha Nehruning shaxsan o‘zi tomonidan berilgan bo‘lib, u o‘zbek yozuvchisiga nisbatan hurmat va ehtirom ifodasi edi. Shiva haykalchasi – hind madaniyati va diniy ramzlaridan biri sifatida – Nehruning O‘zbekiston madaniy delegatsiyasiga bo‘lgan yuksak e’tiborini bildirgan.
Bu voqea Abdulla Qahhorning Hindiston haqidagi xotiralarida ham eslatib o‘tilgan bo‘lib, u Nehruning samimiyligi va ziyrakligini alohida ta’kidlaydi. Bu uchrashuv, o‘z navbatida, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Radj Kapur kinostudiyasining ramzi hisoblangan haykalcha.
1955-yilda O‘zbekiston san’atkorlari delegatsiyasi Hindistonga tashrif buyurganida, delegatsiyaga mashhur yozuvchi Abdulla Qahhor rahbarlik qilgan. Bu safar davomida Hindistonning taniqli kinoaktyori va rejissyori Raj Kapur (Raj Kapoor) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv chog‘ida Raj Kapur tomonidan Abdulla Qahhorga o‘zining filmlaridan biriga oid haykalcha (statuetka) sovg‘a qilingan.
Bu sovg‘a, ehtimol, Raj Kapurning 1955-yilda suratga olingan mashhur filmi “Shree 420” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Filmda Kapur o‘zining “har bir odam” (everyman) obrazini yaratgan bo‘lib, bu obraz o‘sha davrda katta shuhrat qozongan edi.
Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya)
Muzeyda Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga oid eksponatlar va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish mumkin.
Ekskursiyalar o‘tkazilgan tillar
O‘zbek, rus va ingliz tillari
Ish vaqti: Dushanba kunidan, Juma kunigacha:
Ish vaqti: 9:00-17:00, Dam olish kuni: Shanba-yakshanba
Joylashgan manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 26/1.
Muzey bilan bog‘lanish: telegram kanali: https://t.me/qahhor_muzey
telefon: +998 71 256-08-04
Muzeyning veb-sahifasi: https://qahhor.uz/
Muzeyga kirish chipta narxi: Muzeyga kirish bepul etib belgilangan.










