Abdulla Qodiriy memorial muzeyi


?>

Muzey Abdulla Qodiriyning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, keng targ‘ib qilish, yoshlar orasida adabiy muhitni yanada rivojlantirish, o‘quv, ilmiy faoliyatni amalga oshirish, shuningdek, havaskorlik, badiiy ijod bilan shug‘ullanuvchilar uchun shart-sharoitlar yaratish, Abdulla Qodiriy ijodiga taaluqli materiallami namoyish etish orqali insonlarda, ayniqsa о‘sib kelayotgan yosh avlod ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, g‘urur va iftixor, vatanga sadoqat va muhabbat tuyg‘ularini tarbiyalash, yoshlar orasida adabiy muhitni rivojlantirish, ularning har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib kamol topishiga ijobiy ta’sirini kuchaytirish vazifalarini o‘z ichiga oladi.

Tarixi
O‘zbek romanchiligining asoschisi, vatanparvar adib Abdulla Qodiriy xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini ulug‘lash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Abdulla Qodiriy memorial muzeyi barpo etildi. 2019-yilda
26-dekabr kuni Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanib, Abdulla Qodiriy nomli ijod maktabi va memorial muzeyining rasmiy ochilishi o‘tkazildi.

Asosiy yo‘nalishi (tematikasi).
Muzeyda taqdim etilgan ekspozitsiyalarni 3 ta tematik zallarga ajratish mumkin:

  1. Abdulla Qodiriy hayoti zali;

  2. Abdulla Qodiriy qatag‘on va mustaqillik yillari zali;

  3. Abdulla Qodiriy ijodi zali.

Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya)
Muzeyda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga oid eksponatlar va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishish mumkin.
Ekskursiyalar o‘tkazilgan tillar
O‘zbek, rus va ingliz tillari

Ish vaqti Dushanba kunidan, Juma kunigacha:
Ish vaqti: 9:00-18:00, Dam olish kuni: Shanba-yakshanba
Joylashgan manzili: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasi, 6-uy
Muzey bilan bog‘lanish: telegram kanali: t.me/qodiriy_museum:
telefon: (71) 207-14-49
Muzeyga kirish chipta narxi: Muzeyga kirish bepul etib belgilangan.