Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi
?>
Muzey arxeologiya, tarix, o‘lkashunoslik, etnografiya, hunarmandchilik, shaxs tarixi, me’morchilik, memorial, tasviriy va amaliy san’at kabi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi.
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
Tarixi
Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi O‘zSSR Ministrlar Sovetining 1983 yil 16-maydagi “Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasini tashkil etish boyicha” №308- sonli qarori asosida ashkil etilgan. Muzey Buxoro vohasining qadimgi davrlardan to XX asrgacha bo‘lgan arxeologik, o‘lkashunoslik, tabiat, etnografiya, amaliy va tasviriy san’ati, memorial va uy-muzeylari tarixini yorituvchi boy ekspozitsiyalarga ega.
Doimiy ekspozitsiyalar:
Muzey-qoriqxona tizimida 18 ta muzey filialida 16 ta doimiy ekspozitsiya va 2 ta doimiy ko‘rgazma mavjud. Shuningdek, P.Benkov kartinalari, S.Pochchayev miniatyuralari, Kaabapo‘sh, Amir Olimxon taxti, marosim to‘ni, Katta Langar Qur’onining varag‘i saqlanadi.
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
![]() | ![]() |
Asarlar va artefaktlarning suratlari
![]() Katta Langar Qur’oni varag‘i. (VIII asr) | ![]() A.Donishning “Navodir ul Vaqoe” asari |
Eng nodir eksponatlardan biri haqida ma’lumot

Sayfiddin Boharziy vaqfnomasi
Shayx ul Olam Sayfiddin Boxarziy xotirasiga bag ‘ishlab tuzilgan vaqfnoma. Mazkur vaqfnomaning ushbu nusxasi asl nusxadan ko‘chirilgan bo‘lib, asl nusxasi 726/1324 yilda Sayfiddin Boharziyning nevarasi Yahyo bin Shayx Ahmad nomidan tuzilgan. Shayx ul Olam Marqadi va Xonaqosi foydasiga berilgan mazkur vaqfnomaning ikki nusxasi Toshkent davlat Markaziy arxivida va bir nusxasi Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasida saqlanadi. Buxorodagi nusxasi ХVІІІ asrning II yarmida ko‘chirilganligi vaqfnomadagi muhrga qarab aniqlangan. Mazkur vaqfnomada Buxoro amiri Doniyolning (1758-1785yy) o‘g‘li shahzoda Ma’sumning muhri bor. (shahzoda Ma’sumning talabi bilan ko‘chirilgan) Vaqfnoma katta hajmda bo‘lib, o‘lchami 47 metrdir. Ushbu vaqfnoma ikki bo‘lak bo‘lib, birinchi bosh qismi 74[42 sm, qo‘lyozma arab tilida, 20 qatorda yozilgan. Ikkinchi bo‘lagi 470x42 sm.fors tilida, 1357 qatordan iborat.
Ish vaqti: Har kuni, soat 09:00 – 18:00 (tushliksiz) (Ark,Gilamlar, Buxoro huquq va qonunchilik tarixi va “Sitorayi Moxi xossa” muzeylarida soat 20.00 gacha)
Joylashgan manzili: 2 uy, Abu Xavs Kabir ko‘chasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahri.
Muzey bilan bog‘lanish: +998 (65) 224-13-49 +99897 304 00 39
Muzeyga kirish chipta narxi:
Kattalar-5 000 (Ark, Maxosa -10 000)
Talabalar -5 000 (Ark, Maxosa -8 000)
O‘quvchi- 2 000
Xorijiy -20 000 (Ark, Maxosa -60 000)
Muzey veb sahifasi: https://bukharamuseums.uz/uz/















