O‘zbekiston davlat san’at muzeyi


?>

Muzeyning asosiy maqsadi – moddiy va ma’naviy merosni asrash ,o‘rganish, saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish hamda jamoatchikka ta’lim-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishdir. Shuningdek, muzey tarixiy, ma’daniy, badiiy, ilmiy va tabiiy ahamiyatga ega eksponatlarni yig‘ish va inventarizatsiya qilish hamda muhofaza, restavratsia, arhivlashtirish, ishlarini amalga oshirish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Tarixi
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik muzey hisoblanadi. U 1918 yilda 500 ga yaqin asarlardan iborat shaxsiy toʻplam asosida tashkil etilgan boʻlib, oʻz ichiga Oʻzbekiston tasviriy va xalq amaliy sanʼati, Gʻarbiy Yevropa va Rossiya sanʼati hamda Xorijiy Sharq mamlakatlari sanʼati namunalaridan iboratdir. Hozirda noyob sanʼat durdonalarining soni 100 mingdan ziyodni tashkil etadi. Muzeydagi eng qadimiy topilmalar antik davrga taalluqlidir. Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati boʻlimida moddiy-madaniy tarixini ifoda etuvchi arxeo-logik topilmalar, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligi, ganchkorlik, har xil gazlamalar, badiiy kashtachilik, kandakorlik kabi turli xil amaliy sanʼat buyumlari saqlanadi.

Asarlar va artefaktlarning suratlari

 

 BRYULLOV K.P. “Turk ayoli”                      Kashina N.V. “Xumsonda Italiya” 1957.
                                              Krachkovskiy I. Momaqaldiroqdan oldin.Bogatov N. “Cho‘pon”.
                                                      Volkov A. “O‘zbek bayrami” 1926-1927y.                   Karaxan N. “Nanayga yo‘l” 1954 yy.

Asosiy yo‘nalishi (tematikasi):
Tasviriy va amaliy san’at sohasidagi asarlarni to‘plash va namoyish qilish. Muzey asosiy tematik bo‘limlarga bo‘lingan: 1. O‘zbekiston tasviriy san’ati
2. Rossiya va G‘arbiy Yevropa san’ati 3. Xorijiy Sharq mamlakatlari san’ati
4. O‘zbekiston xalq amaliy san’ati bo‘limi.
Doimiy ekspozitsiyalar (masalan, qadimgi tarix, san’at, arxeologiya):
Muzey ekspozitsiyasi 4 qavatdan iborat bo‘lib 1-qavat Xalq amaliy san’ati,
2 qavatda O‘zbekiston,Rossiya va G‘arbiy Yevropa amaliy xamda tasviriy san’ati,
4-qavatda Xorijiy Sharq amaliy san’atiga bag‘ishlangan ekspozitsiya. Jami 52 ta zallar mavjud.
Ish vaqti: Muzey rekonstruksiyaga yopilgan.
Joylashgan manzili: Toshkent sh. Mirobod tumani A.Temur shox ko‘chasi 16.
Muzey bilan bog‘lanish (telegram kanali): +998 71-236-74-36. https://t.me/state_art_museum
Muzeyga kirish chipta narxi: Muzey 07.07.2023 yildan taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli tashrifchilar uchun yopilgan.
Muzey veb sahifasi: www.stateartmuseum.uz