Xorazmcha raqsda qo'l va oyoq holatlari
Ushbu video lavhada Xorazm raqs san’atiga xos asosiy harakatlarni o‘rgatishga bag‘ishlangan. Unda qo‘l, yelka va gavda harakatlarining uyg‘unligi, ritm va ifoda masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Videodars Xorazm raqsining o‘ziga xos jo‘shqinligi va badiiy ruhini his etgan holda, harakatlarni bosqichma-bosqich egallashga yordam beradi.