Sahnaviy raqs harakatlari


Mazkur videodars “Baxt qushi” raqsining kompozitsion tuzilishi va ijro xususiyatlarini o‘rgatishga bag‘ishlangan. Unda tayanch qadamlar, qo‘l holatlari, barmoq plastikasi hamda aylanishlar ritm asosida bosqichma-bosqich ko‘rsatib beriladi. Raqsning sahnaviy yechimi, harakatlar uyg‘unligi va obrazli ifoda vositalari orqali nafis va badiiy ijroni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.